Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Past Darg‘om tumanida to‘y korteji harakatlanganda sodir bo‘lgan.
Haydovchilar mashinalar yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, o‘zlari va o‘zgalar hayotiga xavf solib harakatlanishgan. Mashinalardan birida bo‘lgan ikki yigit esa tanasini mashinadan chiqarib, soxta dollar sochgan.
Qoidabuzarliklar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat viloyat IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan va barcha qoidabuzarlar topilgan.
Ularga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.