Osiyo kubogi. O‘zbekiston turnirni durang bilan boshladi

Sport 00:30 / 14.01.2024 21403

Osiyo kubogi-2023 1-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushib, turnirni durang natija bilan boshladi.

«Jassim bin Hamad» o‘yingohida o‘tgan bahsda Srechko Katanets shogirdlari himoyaviy uslubi bilan tanilgan Ektor Kuper jamoasini mag‘lub eta olmadi. Farrux Sayfiyev va Otabek Shukurov qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Birinchi bo‘limdagi nursiz o‘yindan keyin 2-bo‘lim boshida Abbosbek Fayzullayev, Sherzod Nasrullayev va keyinroq Masharipov o‘rniga Igor Sergeyev maydonga tushirilgan bo‘lsa-da, vakillarimiz suriyaliklarning himoyasini buza olishmadi. Aksincha, raqibning ilk zarbasidan keyin darvoza ishg‘ol etildi, lekin bu vaziyatda qanot hakam ofsayd holatini qayd etdi.

Shu tariqa, o‘yinda hisob ochilmadi – 0:0.

Guruh doirasidagi Avstraliya va Hindiston uchrashuvida 2:0 hisobi qayd etildi.

O‘zbekiston endi 2-turni 18 yanvar kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi, Suriya esa guruh peshqadami Avstraliyaga qarshi saf tortadi.

Osiyo kubogi-2023. 1-tur
B guruhi. 13 yanvar
O‘zbekiston – Suriya – 0:0

Bosh hakam: Ahmad Abu Bakar (Ummon)
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (13. Sherzod Nasrullayev, 46), 15. Umar Eshmurodov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 25. Abduqodir Husanov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46), 11. Oston O‘runov (13.Azizbek Turg‘unboyev, 90), 10. Jaloliddin Masharipov (21. Igor Sergeyev, 74).
Suriya: Ahmad Madaniy, Ayham Xanz Ussu, Muayad Aladja’n, Taer Kruma, Ampntul Uyes, Ezekel Ham, Amar Ramadan, Jalil Elias, Ibragim Xesar, Mahmud Alasvad, Pablo Sabbag (Umar Harbin, 70).

Avstraliya – Hindiston - 2:0
Gollar:
1:0 – 50 Irvayn, 2:0 – 73 Bos.
Avstraliya – Rayan, Jons, Suttar, Roulz, Behich, Irvayn, Bakkus (O`Nil, 82), Metkalf (Makgri, 64), Gudvin (Bos, 72), Boyl (Silvera, 63), Dyuk (Fornaroli, 72).
Hindiston – Singh-Sandhu, Pujari, Jingan, Beke, Bous (Mishra, 75), Tangri (Tapa, 79), Vangjam (Kolaso, 74), Lalengmavia, Chetri (Singh, 89), Changte (Singh, 89), Singh.

 

Ko‘proq yangiliklar: