Yangiyo‘ldagi “gaz zapravka”da “Kamaz” yonib ketdi

Jamiyat 09:41 / 13.01.2024 3529

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 12 yanvar kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 22:13da Yangiyo‘l tumani, “Qo‘shyog‘och” MFYda joylashgan “DELTA KOMPRESSOR” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda AGQSh bostirmasining 10 metr kvadrat maydonda shifti va uning tagida turgan “KAMAZ-53212” yuk mashinasi yonib yetgan.

Qayd etilishicha, yong‘in qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga soat 22:17da yetib borib, soat 22:38da olovni o‘chirgan.

Ko‘proq yangiliklar: