Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Toshkentda DXSh asosida ko‘p tarmoqli shifoxona quradi
O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi xodimlari Qatarning Elegancia Healthcare kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha bosh direktori Desmond Donelli bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Qatarning mazkur kompaniyasi ishtirokida mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Diplomatlar Qatar tomoniga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida, xususan aholi salomatligini saqlash, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Qatar tomoni Toshkent shahrida 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida barpo etish bo‘yicha birlamchi hujjatlarni joriy yanvar oyi oxiriga qadar yakunlanishini, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari esa mart oyida ishlab chiqilishi boshlanishini ma’lum qildi.
Mazkur loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida Elegancia Healthcare kompaniyasiga to‘rt nafar o‘zbek mutaxassislari ishga qabul qilinishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Elegancia Healthcare kompaniyasining The View Hospital, Military Medical City va Hopital Algero Qatari Alleman klinikalarida o‘zbekistonlik ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan shifokor va hamshiralarni ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

08:32 / 11.07.2025
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi

22:57 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi

12:11 / 24.06.2025
Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan

03:43 / 24.06.2025