O‘zbekiston Hindiston va Janubiy Osiyo davlatlariga 6 turdagi mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yadi

Iqtisodiyot 10:12 / 13.01.2024 3597

Hindistonning Katta Noida shahrida bo‘lib o‘tgan IndusFood xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari o‘z mahsulotlarini namoyish qildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, mamlakatning qator kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mahalliy va xorijiy importchi kompaniyalar, distribyutorlar, supermarketlar tarmog‘i delegatsiyalari qatnashgan tadbirda oziq-ovqat, jumladan, qandolatchilik va yog‘-moy sanoati mahsulotlari, ho‘l va quruq mevalar, sabzavotlar, meva sharbatlari, ziravorlar va keng turdagi boshqa tovarlar namoyish etildi.

O‘zbekiston tadbirkorlari ushbu turdagi mahsulotlarni Hindiston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlariga eksport qilish istiqbollarini muhokama qildi, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdi.

Ko‘proq yangiliklar: