Xitoyning Betavolt startapi BV100 yadro akkumulyatorini taqdim etdi, u 50 yil davomida quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatilmasdan elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.
Tangadan kichikroq modulda (15x15x5 mm) 63 ta yadro izotopi bor. Batareya 100 mikrovatt elektr energiyasi va 3 V kuchlanishni ishlab chiqarishi mumkin, shuningdek, -60°S dan 120°S gacha bo‘lgan haroratda ishlashga qodir. Ishlab chiqaruvchilar uning mutlaqo xavfsiz ekanini ta’kidlamoqda. Ko‘p qatlamli dizayn yong‘in va tashqi ta’sirlardan portlashni istisno qiladi.
Yadro batareyasi ekologik toza. Parchalanish davridan keyin Nikel-63 atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan misning barqaror izotopiga aylanadi.
Hozir akkumulyator sinovdan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng startap turli texnologiyalar, jumladan, smartfon va dronlarda foydalanish uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, batareya aerokosmik, sun’iy intellekt uskunalari, tibbiy asboblar va mikroprotsessorlar uchun ham mos keladi.
Batareyada foydalanilgan texnologiya kosmik kemalar va suv osti tizimlarini qurishda qo‘llaniladi.
BV100 batareyasi narxi e’lon qilinmadi, ammo termoyadro batareyalarini ishlab chiqarish shu paytgacha juda qimmat hisoblangan. Amerika va Yevropa tadqiqot institutlari ham bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.
2025 yilga borib Betavolt 1 Vt quvvatga ega akkumulyator chiqarishni rejalashtirmoqda.