O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi-2023 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Umarov tarkibda, Shomurodov yo‘q

Sport 23:50 / 11.01.2024 10690

O‘tgan haftada OFK e’lon qilgan tarkib bilan O‘FA ma’lum qilgan yakuniy ro‘yxatda ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Eldor Shomurodov va Husniddin Aliqulov jarohati sababli musobaqani o‘tkazib yuborishi oydinlashgan bo‘lsa, Shahboz Umarov Qatardagi turnirda qatnashadi. Avvalroq, OFK rasmiy qaydnomada hujumkor yarimhimoyachini kiritmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi V guruhida Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki bahs 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi o‘tkaziladi. O‘yin soat 22:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: