Superkompyuter O‘zbekistonning Osiyo kubogida chempion bo‘lish imkoniyatini baholadi

Sport 21:26 / 10.01.2024 16127

Unga ko‘ra, Osiyo chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar sifatida Yaponiya keltirilgan. «Samuraylar»ning bosh sovringa ega chiqish imkoniyati 24,6 foizga baholangan.

Ikkinchi o‘rindan Janubiy Koreya joy olgan bo‘lib, Son Hyon Min yetakchiligidagi koreyslarning imkoniyati 14,3 foizga baholangan.

Uchinchi o‘rindan Eron joy olgan bo‘lib, forslarning imkoniyati – 11,2 foizga baholangan.

Guruhdoshimiz Avstraliya va Saudiya Arabistoni milliy jamoalari bu borada beshlikka kiritilgan.

Opta statistik portal superkompyuteri O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogini qo‘lga kiritish imkoniyatini 2,5 foizga baholagan bo‘lib, Srechko Katanets shogirdlari bu reytingda 8-pog‘onada qayd etilgan.

Turnirda g‘olib bo‘lish uchun imkoniyati deyarli yo‘q deya baholangan jamoalar – Hongkong (0,1 %), Indoneziya (0,2 %), Malayziya (0,2 %) va Qirg‘iziston (0,1 %) sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston guruhda Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o‘yin 13 yanvar kuni Ektor Kuper boshqaruvidagi suriyaliklarga qarshi o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: