O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti akademiyasi bo‘limi tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:24 / 30.04.2024 1001

"Dunyo" xabariga ko‘ra, Daren Tang O‘zbekistonda intellektual faoliyat va innovatsiyalar natijalarini iqtisodiyot sohasiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, hududiy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar savdosining oldini olish, intellektual mulk obektlarining ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. 

Uning aytishicha, O‘zbekiston BIMT bilan faol hamkorlik qiladi, respublika vakillari tashkilot organlarining yig‘ilishlari, forumlari, seminarlari, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi tadbirlarida muntazam ishtirok etadi.

Tomonlar O‘zbekistonda BIMT akademiyasi bo‘limini tashkil etish va mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonida BIMT bilan hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Daren Tang O‘zbekistonga tashrif bilan kelish istagini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: