Nodirbek Abdusattorov 2023 yil eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar o‘nligidan joy oldi

Sport 16:25 / 07.01.2024 18440

UzChess xabariga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov yakunlangan yilda eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar o‘nligidan joy olgan. O‘zbekistonlik shaxmat ustasi 2023 yilda 12ta musobaqada ishtirok etib, 190 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqqan. 

Yil davomida jahonning eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchisi xitoylik grossmeyster Ding Liren bo‘ldi. U yil davomida turnirlardan 1 228 200 AQSh dollari miqdorida pul topgan. 

Ikkinchi o‘rindan rossiyalik Yan Nepomnyashiy o‘rin olgan – 1 226 825 AQSh dollari. Uchlikni Magnus Karlsen yopgan – 705 155 AQSh dollari.

 

Ko‘proq yangiliklar: