Viloyat hokimining aytishicha, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi bitiruvchi kurs talabalari tuman shifoxonalariga ishga kirishda to‘siqlarga uchrayapti.
“O‘tirib bekorchilikdan yangi-yangi narsalarni o‘ylab topmanglar. Maktabda sport nimaga rivojlanmaydi – chunki u yerda “zavxoz” bor, sport zalni qulflab qo‘yadi. Sport zal kir bo‘ladi, to‘pni yirtib qo‘yasan, komissiya kelsa ko‘rsataman deydi.
Tibbiyot nimaga rivojlanmaydi – tibbiyotda “otdel kadr” bor, “kadr” buzadi hammayoqni. Hamma “kadr”ni olib kelib o‘tqizib qo‘yish kerak shu yerga. Ularga aytdim, agar hammang 10tadan odam topmasang, bugun oxirgi ish kuning bo‘ladi deb . Menimcha bugun ko‘p “kadr”ni oxirgi ish kuni. Hazil bilan aytyapman, lekin aytgan gapimni nazorat qilishni yaxshi bilaman. Bugun ko‘pchilik bosh vrachlarniyam oxirgi ish kuni bo‘lishi mumkin. Sizlar odamni jalb qilish emas, ularga “sun’iy bar’yerlar” qo‘yib tashlagansizlar”, - dedi viloyat hokimi.
Tibbiyot muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishda tegishli qonunlar ishlamayotganligi, ayrim tuman shifoxonalariga bu qarorlar “yetib bormayotgani” aytildi. Viloyatning Oqqo‘rg‘on tumani hokimi To‘ra Bobolov ham bu borada nazoratni kuchaytirishga chaqirildi.
“Ayrim tuman shifokorlari ustidan ijtimoiy tarmoqlardayam murojaat ko‘payib ketgan. Dadil-dadil takliflar bo‘lsa shu bitiruvchilardan bosh vrach qilamiz degan fikr ham bor” deya ta’kidladi Mirzayev.