Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

Jamiyat 17:09 / 06.01.2024 10071

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etgan.

Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, YTH 2024 yil 2 yanvar kuni sodir bo‘lgan.

Mirishkor tumani Yangihayot mahallasi Chandir qishlog‘i hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanayotgan Nexia mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomonidan ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etadi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: