Toshkentda “prava”siz mashina boshqarib, ko‘chada drift qilganlar 15 sutkaga qamaldi

Jamiyat 14:17 / 05.01.2024 10668

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar Cobalt va Gentra mashinalarida tanasini tashqariga chiqargan holda xavfli driftlarni amalga oshirgani aks etgan video tarqaldi. O‘rganish davomida ushbu holat poytaxtning Chilonzor tumani hududida sodir etilgani aniqlandi.  

 Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 1 yanvar kuni soat 00:10 lar atrofida bir guruh yoshlar Chilonzor tumani hududida mashina boshqarib, drift qilgan holda o‘zlari va atrofdagilarga xavf tug‘dirgan. Ushbu harakatlarni sodir etgan 4 yigit o‘sha yerda xizmat vazifasini olib borayotgan ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga ham bo‘ysunmagan.  

O‘rganish davomida mashinalarni boshqargan 19 va 20 yoshli yigitlarning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi, shunday bo‘lishiga qaramay ular mashinani ko‘chaga ota-onasining ruxsati bilan haydab chiqqani aniqlangan. Jumladan, Cobalt haydovchisi mashina dadasining nomida ekanini, uni yuvish uchun olib chiqqanini ta’kidlagan.

2 nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan chora ko‘rilib, profilaktika ishlari olib borilgan. 4 nafar qoidabuzarga esa jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: