Qashqadaryoda uch nafar bemorda ishlab turgan yurakda noyob operatsiyalar bajarildi

Jamiyat 11:03 / 31.12.2023 19954

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida yana 3 nafar bemorda ishlab turgan yurakda noyob kardiologik operatsiyalar bajarildi. Bu haqda viloyat SSB axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Qarshi tumanida yashovchi 52 yoshli ayol M.M.da «Mammar-koronar shuntlash. 1 shunt», Qamashi tumanida yashovchi 65 yoshli ayol N.M.da «Aorta-koronar shuntlash. 2 shunt» operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 

Qarshi tumanida yashovchi 67 yoshli erkak R.F.da esa jarayon ancha murakkabroq kechgan. Unda «O‘ng tomon ichki uyqu arteriyasi endarektomiyasi» deb nomlangan noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu operatsiya bosh miyani qon bilan ta’minlovchi uyqu arteriyalari 70 foizga va undan ko‘proq torayganda va bosh miyada ishemik insult rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan vaqtda bajarilishi bilan ahamiyatlidir. 

Operatsiyalar markaz va filial kardiojarrohlari tomonidan amalga oshirilgan. Ayni paytda bemorlarning ahvoli yaxshi ekani ta’kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: