Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston noyabrda oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi
O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib oldi va ushbu qimmatbaho metallni eng ko‘p xarid qilgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Foto: Bloomberg
O‘zbekiston Markaziy banki iyul oyidan buyon ilk bor oltin zaxirasini oshirdi, deb xabar berdi Spot Jahon oltin kengashiga (World Gold Council) tayanib.
Noyabr oyida jahon markaziy banklari tomonidan sof oltin xaridlari, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 53 tonnani tashkil etgan. WGC bu 2024 yil davomida kuzatilgan tendensiyaning davomi bo‘lganini, regulyatorlar qimmatbaho metallarning faol xaridorlari sifatida harakat qilganini ta’kidladi. Shuningdek, AQShda prezidentlik saylovlari fonida narxlarning pasayishi oltin jamg‘arilishiga qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.
Xususan, Polsha Milliy banki oltin zaxirasini 21 tonnaga oshirib, uning hajmini 448 tonnaga yetkazdi. Varshava 90 tonnalik ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metallarning eng yirik xaridori bo‘ldi.
O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib oldi, bu yozdan beri birinchi marta oltin zaxiralarini ko‘paytirish bo‘ldi. Yillik sof xaridlar 11 tonnani tashkil etib, oltin zaxirasi 382 tonnaga yetdi.
Hindiston zaxira banki 8 tonna (yillik hisobda 73 tonna) bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda har biri 5 tonnadan oltin bilan Qozog‘iston va Xitoy, Iordaniya — 4 tonna, Turkiya — 3 tonna, Chexiya — 2 tonna, Gana — 1 tonna bilan joylashdi. Qimmatbaho metallning eng yirik sotuvchisi Singapur bo‘ldi — 5 tonna.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

14:13 / 01.07.2025
Rossiyadagi oltin qazib olish konserni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etadi

13:06 / 25.06.2025