Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi
2017–2023 yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi.

Foto: "Jahon" AA
Javlon Vahobov AQShdagi missiyasini 2023 yil mart oyida yakunlagan edi.
8 oylik tanaffusdan so‘ng u Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ish boshlagan. Institut faoliyatining asosiy vazifalari qatoriga mintaqani barqaror rivojlantirish jarayonlarini tadqiq etish kiradi.
Vahobov faoliyati davomida ko‘plab yuqori lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2011-2013 yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2013 yilda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori sifatida faoliyat olib borgan.
Diplomat 2013-2015 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Javlon Vahobov 2017 yildan boshlangan AQShdagi elchilik faoliyati bilan Toshkent–Vashington munosabatlari faollashishining yangi davrida muhim missiyani bajardi.