Surxondaryoda aka-uka YPX avtomobilini to‘xtatib, uning kalitini olmoqchi bo‘ldi

Jamiyat 17:18 / 29.12.2023 32388

Surxondaryoda mobil kompleks (multiradar) bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimning faoliyatiga to‘sqinlik qilishga uringan aka-ukalarga nisbatan sud tomonidan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyatidagi M-41 xalqaro avtomobil yo‘lida YPX xodimlari multiradar o‘rnatilgan avtomobilda xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Shu payt mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtomobil haydovchisi YPX xodimlarini to‘xtatib, ular bilan janjallashgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi qarori bilan huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

«Mashinaning ichidan kalitni olmoqchi bo‘lib, ozgina tortishdik. YPX xodimining ishiga noqonuniy aralashdik. Noto‘g‘ri ish qilganimizdan uzr so‘raymiz. Boshqa bu ish qaytarilmaydi», degan huquqbuzar haydovchi.

 

Ko‘proq yangiliklar: