ISHONCH do‘konlari – maishiy texnikalar va uy uchun kerakli mahsulotlarni muddatli to‘lovga sotish bo‘yicha respublikadagi yetakchi brend bo‘lib, mamlakatimiz aholisini orzulariga qisqa vaqt ichida erishishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratib kelmoqda va shu bilan birgalikda 2023 yilda ko‘plab yangiliklarni amalga oshirdi hamda yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
2023 yil davomida ISHONCH do‘konlari Respublika bo‘ylab yangi 49 ta savdo do‘konini ishga tushirdi. Avgust oyida Nukus shahrida yubiley 100-do‘koni ochildi va yil yakunida umumiy do‘konlari sonini 117 taga yetkazdi. Umumiy ishchi xodimlar soni esa 4000 nafardan oshdi.
ISHONCH do‘konlari o‘zining asosiy faoliyati bo‘lgan savdo yo‘nalishidan tashqari ijtimoiy sohada ham bu yil o‘zining ancha faolligini namoyon etdi. Bunga misol tariqasida “Charchamang xona” loyihasi asosida yozning jazirama issiq kunlarida yurtimizning eng qaynoq nuqtalaridan bo‘lgan Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyati markazlarida 3 ta charchamang xona ishga tushirdi. Ushbu charchamang xonalar eng odam ko‘p bo‘lgan joylar, markaziy bozorlarga qurildi va bu yerga kelgan aholi ushbu charchamang xonalarga tashrif buyurib, sovuq xonada bir oz dam olib, suv ichib yana o‘z ishlarida davom etishdi. Ushbu charchamang xonalarda jami 11000 dan ortiq aholi kirib hordiq chiqarishga ulgurishdi.
Yurtimizda qo‘lga kiritilgan yutuqlar:
Yil brendi mukofoti. ISHONCH do‘konlari Iste’molchilar tanlovi bo‘yicha yil brendi mukofotini qo‘lga kiritdi va bu yutuqqa 3 yil davomida uzluksiz erishib kelmoqda. Bundan tashqari “2022-yilda hududlar qamrovi bo‘yicha respublikadagi yetakchi nooziq-ovqat riteyli” maxsus mukofoti bilan, kompaniya kreativ direktori Zamira Rahmanova esa “Yil shaxsi” mukofoti bilan taqdirlandi.
TAF!2023 festivali. Toshkent reklama festivalida ISHONCH 5 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza mukofoti, shuningdek, “2023 yilning eng yaxshi reklama loyihasi” va “2023 yilda O‘zbekistondagi yuzdan ortiq do‘konlarga ega yagona nooziq-ovqat riteyli” maxsus mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston brendlarining marketing reytingi. 2023-yildagi O‘zbekiston marketing Uyushmasining brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi va agentliklar kreativligi jamlama reytingida ISHONCH brendi O‘zbekistondagi nooziq-ovqat brendlari hamda barcha brendlar orasida mutlaq yetakchilik qilib kelmoqda va bu yil ham reytingda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Xalqaro festival va mukofotlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar:
Ukrainian creative Stories 2023 festivali (Ukraina). Ushbu festivalda ISHONCH kompaniyasi o‘zining “Faqat 8-martda emas” loyihasi bilan ishtirok etib 2 ta bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.
White square 2023 festivali (Belarus Respublikasi). “Faqat 8-martda emas” loyihasi ushbu festivalda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.
RedJolbors 2023 festivali (Qozog‘iston Respublikasi). Ushbu festivalda ISHONCH o‘zining “Charchamang” va “Faqat 8-martda emas” loyihalari bilan ishtirok etdi va 5 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza va “Yil mijozi” maxsus nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Eurasian Retail Awards 2023 mukofoti (Qozog‘iston Respublikasi). Ushbu mukofotda ISHONCH do‘konlari “Eng tez o‘sayotgan nooziq-ovqat tarmoq” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bundan tashqari “Yil do‘koni” nominatsiyasi bo‘yicha ham nooziq-ovqat yo‘nalishida laureat bo‘ldi.
Epica Awards 2023 mukofoti (Yevropa). Ushbu mukofotda kompaniya o‘zining “Charchamang xona” loyihasi bilan ishtirok etdi va 1 ta bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.
ISHONCH kompaniyasi 2024 yilda ham barcha sohalarda ko‘plab yangiliklar qilishni va yutuqlarni qo‘lga kiritishni o‘z oldiga ulkan maqsad qilib qo‘ygan va shu maqsadlar sari butun bir jamoa bir yoqadan bosh chiqarib o‘z faoliyatini olib boradi.
ISHONCH do‘konlari bilan bog‘lanish:
Yagona aloqa markazi: +99873 515 22 22
Telegram bot: t.me/ishonch_chatbot
Sayt: www.ishonchsavdo.uz
Ishga joylashish bo‘yicha: t.me/ishonchanketabot
Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:
Telegram: t.me/ishonch
Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz
Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz
YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo
Reklama