Hamma uchun 4G: Beeline Uzbekistan butun O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq qamrovini kengaytiradi

Jamiyat 16:30 / 28.12.2023 16752

Digital-operator tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli modernizatsiya jarayonida kompaniya 2G va 3G baza stansiyalarini to‘rtinchi avlod tarmoq darajasigacha yangilash, 4G tarmog‘ining qamrov hududi va sig‘imini kengaytirishga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, ushbu kompleks yondashuv transport tarmog‘ini modernizatsiya qilish, mavjudlarini yangilash va qo‘shimcha 530 oraliq radiorele liniyalarini qurish hamda magistral-optik aloqa liniyasining o‘tkazish qobiliyatini oshirishni o‘z ichiga oldi. Natijada 2023 yil dekabr oyining holatiga ko‘ra, Beeline Uzbekistan baza stansiyalarining umumiy soni 15 900 dan oshdi, LTE tarmog‘ining qamrovi esa 85% ni tashkil etdi.

Qolaversa, yangi baza stansiyalari nafaqat yirik tumanlar va aholi zich joylashgan shaharlarda, balki chekka aholi punktlarida ham o‘rnatilib, ishga tushirildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida ilk bor 70 dan ortiq aholi punktlari 4G tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatining 15 ta kichik qishloqlarida ham to‘rtinchi avlod aloqasi ilk bor paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, joriy yilning yozida digital-operator Navoiy va Farg‘ona viloyatlaridagi olis, aholi soni kam bo‘lgan va avval aloqa mavjud bo‘lmagan qishloqlarni LTE tarmog‘i bilan ta’minladi.

Bundan tashqari, beshta yangi baza stansiyasining ishga tushirilishi natijasida 4G tarmog‘i Samarqand viloyatining olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li aholi punktlariga kengaytirildi. Bundan tashqari, Jizzax va Toshkent viloyatlarida temir yo‘llar bo‘yini 4G tarmog‘i bilan qamrab olish sifatini oshirish maqsadida 8 ta baza stansiyasi ishga tushirildi, ulardan ikkitasi quyosh panellarida to‘liq avtonom elektr ta’minoti tizimiga ega.

4G tarmog‘i birinchi marta hatto eng chekka hududlarda ham paydo bo‘ldi. Qozog‘iston bilan chegaradosh Nukus shahridan 430 km uzoqlikda yangi baza stansiyasi qurildi. Bu yerda har kuni yuzlab og‘ir yuk va yo‘lovchi tashuvchi avtomashinalar “Daut-Ata”-”Tajyen” bojxona postidan o‘tadi. Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani Beshko‘pir qishlog‘ida va Beruniy tumani Abay qishlog‘ida ilk bor Beeline’dan LTE paydo bo‘ldi. Qumshungul qishlog‘ida «saytshering» texnologiyasi asosida Beeline 4G/LTE baza stansiyasi birinchi marta paydo bo‘ldi. Bu Nukus va Chimboyni bog‘lovchi 4R-176 avtomobil yo‘lining muhim qismidir.

Yirik shaharlarda aholi eng zich joylashgan hududlar va aholi dam olish hamda hordiq chiqarish joylariga alohida e’tibor qaratilib, mobil internet tezligini oshirish, qamrov hududini kengaytirish va tarmoq sig‘imini oshirish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi. Jumladan, poytaxtda modernizatsiya loyihasi yirik bozorlar va savdo markazlariga tutash hududlardagi baza stansiyalarini qamrab oldi va qo‘shimcha ravishda bir qator savdo markazlari binolari ichida yuqori sifatli 4G qamrovini ta’minladi.

Samarqand shahridagi eng yirik Family Park savdo majmuasi 4G tarmog‘i bilan ta’minlandi. Bu raqamli operator tomonidan innovatsion yechim – bino ichida keng polosali mobil aloqani taqdim etuvchi Lamp Site qurilmasini o‘rnatish tufayli amalga oshdi. Bundan tashqari, Samarqand turistik markazi (Silk Road Samarkand) hududida portativ 4G Small Sell baza stansiyasi ishga tushirildi. Natijada «Boqiy shahar» etnografik bog‘i sifatli xizmatlar bilan ta’minlandi va obidaning asl qiyofasi saqlab qolindi.

Qurilmalar yangilanishi uzatiladigan internet-trafik hajmini oshirishga imkon yaratdi va mobil internetni ko‘proq foydalanuvchilar uchun mavjud qilib berdi. Jumladan, 2023 yil noyabr oyi oxirida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4G dan foydalanuvchi mijozlar soni 11% ga, internetdan foydalanuvchilar esa 7% ga oshgan. Joriy yilning 11 oyi mobaynida hosil bo‘lgan internet-trafik hajmi 2022 yilning shu davridagi internet-trafik hajmiga nisbatan 54% ga oshdi.

Butun mamlakat bo‘ylab tarmoqni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlardan tashqari, qisqa muddat ichida, atigi 3 haftada Beeline Uzbekistan VoLTE (Voice over LTE) va ViLTE (Video over LTE) xizmatlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani ishga tushirdi. Loyiha 19 oktyabr kuni Navoiy viloyatida boshlanib, bosqichma-bosqich barcha hududlarni qamrab oldi. Natijada, 9 noyabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab Beeline Uzbekistan LTE tarmog‘ida yangi ovozli aloqa standarti mavjud bo‘ldi. Bir lahzada ulanish imkoniyati, yuqori sifatli ovoz uzatish xususiyati tufayli kristalli tiniq ovoz va past fon shovqini yangi xizmatning asosiy afzalliklariga aylandi.

2023 yilning yana bir muhim texnik loyihasi Toshkent metropolitenida Beeline Uzbekistan tarmog‘ining ishga tushirilishi bo‘ldi. Digital-operator xizmatlari hatto yer ostida, poytaxtning barcha metro bekatlarida mavjud bo‘ldi.

«Bu yil biz tarmoqni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashladik. Aksariyati yuqori internet tezligiga ega 4G standartini qo‘llab-quvvatlaydigan yangi baza stansiyalarining ishga tushirilishi, shuningdek, avval o‘rnatilgan qurilmalarning modernizatsiya qilinishi mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini berdi. Beeline Uzbekistan aholi ehtiyojlarini hisobga olib va global tendensiyalarga e’tibor qaratib, mamlakatni raqamlashtirishga hissa qo‘shgan holda digital-texnologiyalarni faol joriy etishda davom etmoqda», deya sarhisob qildi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.

Beeline Uzbekistan baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.

 ***

 Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: