Tenge Bank’dan Qozog‘istonga tezkor pul o‘tkazmalari
Endi siz Bank bo‘limiga tashrif buyurmasdan Qozog‘istonga pul yuborishingiz mumkin. Telefon raqami yoki karta raqami bo‘yicha o‘tkazmalar Tenge24 ilovasida mavjud, o‘tkazmani esa Qozog‘iston Halyk Bank kartasining har qanday egasi olishi mumkin.

Foto: Tenge Bank
O‘zbekiston Qozog‘istonning ko‘plab sohalarda – tovarlar savdosi, xizmatlar savdosi, sarmoya kiritish, qo‘shma korxonalar bo‘yicha muhim tashqi iqtisodiy hamkori hisoblanadi. Masalan, 2023-yilning 9 oy mobaynida Qozog‘iston va O‘zbekistonning o‘zaro mahsulot aylanmasi 3,3 milliard dollarni tashkil etdi. Savdo va investitsiyalardan tashqari, qo‘shni davlatlar yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, madaniyatlar hamjamiyatini va an’analarning o‘xshashligini saqlab qolishmoqda.
Tenge Bank "Qozog‘iston Xalq banki" AJning 100% sho‘ba banki bo‘lib, Qozog‘istonda yashovchi oila va do‘stlarga pul o‘tkazmalarini yuborish xizmatini taqdim etish orqali o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘tkazmani yuborish uchun:
• Tenge24 yuklab olish va identifikatsiyadan o‘tish;
• "O‘tkazmalar" bo‘limini tanlash, "Qozog‘istonga tezkor o‘tkazmalar" tugmasini bosish;
• Telefon raqamini yoki qabul qiluvchining kartasining oxirgi 4 ta raqamini va ShIRni kiritish zarur.
Halyk Bank kartalariga Tenge24 ilovasiga qo‘shilgan barcha mahalliy kartalardan (Uzcard, Humo) pul o‘tkazish mumkin. O‘zbekistondan yuborishda kartadan mablag‘ mahalliy valutada yechib olinadi, Qozog‘istonda qabul qilinganda esa tenge valutasida kartaga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

17:00 / 04.03.2025
Tenge Bank’dan Tenge24 mobil ilovasida Uzcard PIN-kodini o‘zgartirish: Kundalik hayotni o‘zgartiradigan innovatsiyalar

14:55 / 12.02.2025
Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

19:00 / 26.12.2024
Tenge Bank tomonidan katta sovrinlar o‘yini: biz bilan orzuingizni ro‘yobga chiqaring!

19:00 / 26.11.2024