Kundan kunga “Beeline Uzbekistan” ilovasining foydalanuvchilari soni ortib bormoqda

Jamiyat 16:57 / 25.12.2023 17524

Digital-operator ilovasining faol foydalanuvchilari soni oyiga 3,7 million nafarga yetdi, har hafta ilovaga 2,4 million foydalanuvchi, shundan 1,1 millioni har kuni kiradi, yuklab olishlar soni esa rekord darajadagi 10 milliondan oshdi. Beeline Uzbekistan ilovasi Google Play va App Store do‘konlarida “Biznes” bo‘limida 4,5 ball bilan eng yaxshi bepul ilovalar ro‘yxatida yetakchilik qiladi.

“Bunday yutuqqa mijozlarimizning ishonchi tufayli erishildi. “Beeline Uzbekistan” ilovasining, ayniqsa, 20-35 yoshli yosh auditoriyasi orasida ommabopligi raqamli xizmatlarga, jumladan, Beeline Uzbekistan xizmatlariga ehtiyoj ortib borayotganidan dalolat beradi”, — dedi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Beeline Uzbekistan foydalanuvchilarga aloqa va raqamli xizmatlarni mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega ko‘p funksiyali mobil ilovani taqdim etadi. Masalan, ilovada yangi MULTI KUCH tariflaridan birini ulab, mijozlar o‘zlariga kerakli xizmatlarni tanlashlari mumkin, buning uchun ortiqcha to‘lov talab etilmaydi.

Digital-operator mijozlari istalgan vaqtda ilovada o‘z balanslarini tekshirishlari, tariflarini boshqarishlari, hisoblarini to‘ldirishlari, qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishlari yoki o‘chirishlari, qo‘ng‘iroqlar, SMS va internetdan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni qabul qilishlari va yuklab olishlari, shuningdek oflayn holatda qayta qo‘ng‘iroq qilishga so‘rov jo‘natishlari mumkin. Bundan tashqari, yaqinlarning raqamlarini boshqarish uchun multiakkaunt yaratish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansdan do‘stlar va oila a’zolari bilan trafikni tezda ulashish mumkin. Ilovaning asosiy va tez-tez ishlatiladigan funksiyalari hatto internetga ulanmagan holatda ham ishlaydi.

Beeline Uzbekistan mijozlari uchun ilovada yoqimli syurprizlar va foydali takliflarga ega mavsumiy yarmarkalar o‘tkaziladi. Masalan, ilovada 2024 yil 10 yanvargacha davom etadigan “Yangi yil yarmarkasi”da foydalanuvchilar 20 milliondan ortiq sovg‘a “qutilari”ni ochishga ulgurishdi.

Ilovada “Beeline club” sodiqlik dasturi mavjud bo‘lib, unda hamkorlardan chegirmalar va bonuslar olish, “BeeCoin”ni nafaqat internet uchun gigabaytlar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar uchun paketlar va hamkorlarning eksklyuziv takliflariga, balki chiroyli raqamlar va Mi-Fi-routerlarga ham almashtirish mumkin.

“Beeline Uzbekistan ilovasida biz nafaqat mijozlarga aloqa xizmatlarining eng qulay nazoratni taqdim etamiz, balki mavjud funksiyalarni doimiy ravishda kengaytirishga intilamiz. Tez orada biz yangi xizmatlar, jumladan, o‘yin ko‘rinishidagi qiziqarli funksiyalar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi yechimlarni ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, — dedi Beeline Uzbekistan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish xizmatlarini ishlab chiqish bo‘limi rahbari Omon Ismoilov.

Ilova haqida batafsil ma’lumotlarni havola orqali bilib olishingiz mumkin.

 ***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: