Toshkentda aholi uxlayotgan vaqtda xonadon eshigini ochayotgan o‘g‘rilar paydo bo‘lgani rad etildi

Jamiyat 17:17 / 21.12.2023 14452

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘g‘rilar paydo bo‘lgani, ular aholi uxlayotgan vaqtda xonadonlar eshigini ochayotgani haqida xabarlar e’lon qilingan. Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, xabarda ko‘rsatilgan holatlar muqaddam ichki ishlar organlari tomonidan mazkur hududlardagi videokameralarda qayd qilingan yozuvlar, ulardagi shaxslarni aniqlagan holda o‘rganilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda bu borada e’lon qilingan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

"Shu bois, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har xil haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan feyk xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi ma’lumotda. 

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: