O‘zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi
Fariddin Nasriyev 2015-2023 yillarda Tehronda elchi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o‘rnini egalladi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning yangi favqulodda va muxtor elchisi Fariddin Nasriyev Eron poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Bungacha u 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulligini boshqargan. U 42 yoshda. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozir universitet) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1999 yilda bank tizimida boshlagan, 2003 yildan esa Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida u 3-kotiblikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda xizmat qilgan.
Ingliz, fransuz, rus va fors tillarini biladi.
Fariddin Nasriyev 2015-2023 yillarda Tehronda elchi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

22:41 / 24.03.2025
Eron yangi bitim talab qilmoqda. Eskisi qanaqa edi?

16:25 / 24.03.2025
AQSh Erondan yadro dasturidan butunlay voz kechishni talab qildi

17:35 / 23.03.2025