Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Jamiyat 10:50 / 19.12.2023 38412

18 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha Yashnoboddagi yong‘in oqibatida 1995 yilda tug‘ilgan ayol va uning 2015 va 2018 yilda tug‘ilgan ikki nafar qizi halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: