«Barsa» Italiya chempioniga qarshi, «Real» Germaniyaga boradi. YeChL 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi

Sport 16:38 / 18.12.2023 29184

Unga ko‘ra, «Arsenal» «Portu» maydoniga safar qilsa, «Barselona» Italiya chempioni «Napoli»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. «Real» esa Germaniyaning «Leypsig» jamoasi bilan chorakfinal yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Chempionlar ligasi 1/8 final juftliklari:

  • «Portu» (Portugaliya) – «Arsenal» (Angliya)
  • «Napoli» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya)
  • «PSJ» (Fransiya) – «Real Sosiyedad» (Ispaniya)
  • «Inter» (Italiya) –  «Atletiko» (Ispaniya)
  • PSV (Niderlandiya) – «Borussiya» Dortmund (Germaniya)
  • «Latsio» (Italiya) – «Bavariya» (Germaniya)
  • «Kopenhagen» (Daniya) – «Manchester Siti» (Angliya)
  • «Leypsig» (Germaniya) – «Real» (Ispaniya)

Ma’lumot uchun, nimchorakfinalning dastlabki o‘yinlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 5-6 va 12-13 mart kunlari o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: