Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Voitov talon-toroj va vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda
Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Jinoyat kodeksining 167- va 205-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Oliy sudi mamlakatning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olinganini tasdiqladi.
Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida bosh prokuror o‘rinbosarining Aziz Voitovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqilgan.
Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi 2-qismi “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish oqibatida juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.
Yashnobod tuman sudi 2023 yil 14 dekabrdagi ajrimi bilan bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan va gumon qilinuvchi Aziz Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.
- 43 yoshli Aziz Voitov 2022 yil avgustidan 2023 yil oktyabrigacha Qishloq xo‘jaligi vazirligini boshqargan edi.
- Kun.uz manbasiga ko‘ra, so‘nggi bir oyda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida o‘nga yaqin mansabdor shaxs qo‘lga olingan. Xususan, Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov esa yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq jinoyat ishda gumonlanib qo‘lga olingan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45
-
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi
Jahon | 16:37
-
Amerikaliklar yarim yillik turg‘unlikdan keyin quvnoq hayotiga qaytmoqchi
Jahon | 16:17
Mavzuga oid

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

09:45 / 21.07.2025
O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlik qiladi

21:56 / 19.07.2025