“Erkaklarni boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ymayapmizmi?” - ruhshunos ortiqcha hashamatlar haqida
“Ayollarning talablari kundan kunga ortib boryapti. To‘ydagi talablarimiz, urf-odatlarimizda hech kim kutmagan fantaziyalarni ishga tushiryapmiz – biz kimga jabr qilyapmiz?” – deya erkaklarda yurak-ishemik kasalliklari ko‘payganini izohladi psixolog Shoira Isoqova.
Erkaklarda yurak-ishemik kasalliklariga chalinish holatlarining ko‘pligi ulardagi oila mas’uliyati tufayli o‘z salomatliklariga vaqt va mablag‘ ajratmayotgani bilan bog‘liq. Bu haqda psixolog Shoira Isoqova Kun.uz'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Erkaklarimiz sog‘lig‘iga hech qachon qaramaydi. Ular kuchiga ishonadi, men kuchliman deb o‘ylaydi. Salomatligida muammosi bo‘lsa ham, pul topish, oilani boqish ketidan yugurib o‘zining salomatligini tiklashga na vaqt, na mablag‘, na bir sharoit yaratolmaydi. Qarish protsessi tezlashib ketish bilan birga, yurak-ishemik kasalliklarining ko‘payganiga guvoh bo‘lyapmiz.
Erkak kishining sog‘ligi bo‘lmasa, oilasining ta’minotini qila olmaydi. Ular o‘zlari ham, yonidagi ayollari ham buni tushunishlari kerak.
Ayollarning talablari kundan kunga ortib boryapti. To‘ydagi talablarimiz, urf-odatlarimizda hech kim kutmagan fantaziyalarni ishga tushiryapmiz – biz kimga jabr qilyapmiz? Biz erkaklarimizni qiyin vaziyatga, boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ymayapmizmi? Yaqinda bir to‘yga bordim. Stolning ustida hamma narsani to‘ldirib tashlashgan, uni yegani yeyiladi – qolgani isrof bo‘ladi. Kimning puliga kelyapti?
“Xonadonning erkagi qani?” deb so‘raganimda, bir kishini ko‘rsatishdi. Bir chetda, dasturxon solinmagan stolda bir erkak boshini changallab o‘tiribdi. Biz ortiqcha ho-yu havaslarimiz, hashamatlarimiz bilan yonimizdagi erkakni tashvishga, qiyin vaziyatga solib qo‘ymayapmizmikan...”, – deya ta’kidlaydi ruhshunos.
Mavzuga oid

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

13:01 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi

09:50 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari yaratiladi

15:31 / 03.02.2025