Surxondaryoda sodir bo‘lgan ikkita YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 22:40 / 11.12.2023 25030

Noyabr oyida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Birinchi hodisa. 2023 yil 19 noyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani Oqtepa mahallasida 28 yoshli haydovchi «Matiz» mashinasi bilan yo‘l chetida ketayotgan aka-singilni urib yuborgan.

Oqibatda 18 yoshli aka va 10 yoshli singil og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan

Ikkinchi hodisa. 2023 yil 30 noyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumanining Obi hayot mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan.

Termiz-Jarqo‘rg‘on yo‘nalishida kelayotgan «Jyentra» haydovchisi ehtiyotsizlik qilib, ro‘paradan kelayotgan «Kobalt»ning yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda «Jyentra» haydovchisi va va uning yonida ketayotgan tenquri halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, har ikki hodisa sodir bo‘lgan mahallalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Ularda ayanchli YTHlar sodir bo‘lmasligi uchun haydovchilar va fuqarolar yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlari lozimligi uqtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: