Zarur yordamsiz dunyo shunchaki o‘lishimizga qo‘yib beradi - Zelenskaya

Jahon 00:08 / 10.12.2023 30281

G‘arb davlatlari moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etmas ekan, ukrainaliklar halok bo‘lish xavfi ostida. Bu haqda Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya aytib o‘tdi.

BBC nashri bilan bu haqdagi suhbat AQSh Kongressidagi respublikachi senatorlar Ukrainaga yordam berish to‘g‘risidagi asosiy qonun loyihasini bloklaganidan ko‘p o‘tmay bo‘lib o‘tdi.

«Biz haqiqatan ham yordamga muhtojmiz. Oddiy qilib aytganda, biz bu holatdan charchay olmaymiz, chunki shunday qilsak, o‘lamiz. Agar dunyo charchasa, o‘limimizga yo‘l qo‘yishadi», dedi Zelenskaya.

Ukraina birinchi xonimining ta’kidlashicha, ukrainaliklar uchun G‘arbda «yordam berish ishtiyoqi» qanday yo‘qolib borayotganini ko‘rish juda og‘riqli.

«Bu biz uchun hayot masalasi», dedi u.

AQSh Kongressi ikki oydan ortiq vaqt davomida Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishning yangi dasturini qabul qila olmayapti. Shu hafta AQSh Senati yana yordamni ma’qullamadi. Prezident Jo Baydenning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlagan chaqiriqlariga qaramay, respublikachilar oldin Amerikaning ichki muammolarini hal qilish lozimligi bo‘yicha ultimatum qo‘ydilar.

Oq uy Ukrainaga qurol-yarog‘ uchun avval ajratilgan mablag‘lar yil oxirigacha tugashi haqida ogohlantirmoqda. Agar yangi dastur qabul qilinmasa, Amerika qurollarini Ukrainaga yetkazib berish butunlay to‘xtatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: