Yevroparlament deputatiga JIDU faxriy doktori unvoni topshirildi
Yevroparlament deputati Ilxan Kyuchyukka JIDU faxriy doktori unvonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Yevroparlament deputati, O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachi Ilxan Kyuchyuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, tadbirda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian va Yevropa qo‘shnilik kengashi boshqaruvchi direktori Samuel Doveri ham ishtirok etdi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev mehmonlarni tanishtirar ekan, ular mamlakatning azaliy do‘stlari ekanini, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv doirasida Yevroparlament deputati Ilxan Kyuchyukga JIDU faxriy doktori unvonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yevroparlament deputati o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar istiqbollariga to‘xtalib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim qadamlarni sanab o‘tdi.
Mavzuga oid

11:20 / 29.07.2024
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

14:49 / 25.07.2022
JIDU “smart universitet”ga aylantiriladi - prezident qarori

21:07 / 17.06.2022
Sodiq Safoyev - AQSh safari taassurotlari, konstitutsiyaviy islohot va JIDU «monopoliyasi» haqida

16:14 / 08.03.2022