Jahon | 14:40 / 04.12.2023
6594
1 daqiqa o‘qiladi

Spotify xarajatlarini kamaytirish uchun 1,5 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Shved striming musiqa servisi ishchilarini qisqartirishga qaror qildi.

Foto: AP

Spotify kompaniya xodimlarining 17 foizini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda kompaniya rahbari Daniel Ekning xodimlarga yo‘llagan ochiq xatida aytiladi. 

«Iqtisodiy o‘sish keskin darajada sekinlashdi, kapital esa qimmatladi. Spotify ham bu reallikdan ayro emas. Men kompaniya xodimlarini taxminan 17 foizga qisqartirish haqida qiyin qarorni qabul qildim», — deydi Ek. 

Spotify xodimlari soni 9,2 ming nafardan ko‘proq. Kompaniyaning 2022 yildagi operatsion foydasi 659 mln yevroga, sof foydasi esa 430 mln yevroga kamaygan. 

Servis foydalanuvchilari 2023 yilda 574 mlnga yetgan. Ulardan 226 mln foydalanuvchi Spotify’ning xizmatlari uchun pul to‘lagan.

 

Mavzuga oid