Bugun, 4 dekabr kuni birja savdolarida oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 2135,39 dollargacha qimmatlashdi. Bu tarixiy rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qimmatbaho metall narxlarining keskin darajada oshishiga sabab sifatida Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro hamda Federal zaxira tizimining stavkani pasaytirish bo‘yicha kutilmalar keltirib o‘tilgan.
O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri sanaladi. Tabiiyki, qulay narxlar asosiy eksport tovari hisoblangan oltin eksportini yanada rag‘batlantiradi.
2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotgan.