Ilk o‘zbek kompyuter o‘yini e’lon qilindi

Jahon 18:49 / 02.12.2023 14928

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi «The Golden Horde» (Oltin o‘rda) nomli kompyuter o‘yinini ishlab chiqayotganini e’lon qildi.

O‘yin Unreal Engine 5 dasturida yaratilmoqda va Action RPG yo‘nalishiga mansub.

O‘yindagi voqealar XIII asrga oid bo‘lib, Markaziy Osiyoda yuz beradi. Unda o‘yinchi mo‘g‘ul oilalarida ro‘y beradigan sahnalarda ishtirok etadi. O‘yin xaritasining o‘lchami 76 kv.km. bo‘lib, mashhur The Elder Scrolls V: Skyrim o‘yinidan deyarli ikki baravar kattaligi ta’kidlanmoqda. 

Loyihani VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi «The Golden Horde | Action RPG | Sredniye veka» sahifasida kuzatib borish mumkin. O‘yin hali Steam do‘konlarida chiqmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: