Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dok-1 Maks” dorisi bo‘yicha sud jarayoni 1 oyga to‘xtatildi
65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan ishga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblandi. Ularni ayblanuvchi tariqasida jalb etish uchun jinoyat ishi tergov organiga qaytarildi hamda ishni ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar sudida birinchi instansiyada ko‘rilayotgan “Dok-1 Maks” dori vositasiga oid jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblangani va boshqa asoslarga ko‘ra, sud tomonidan 2023 yil 1 dekabr kuni tegishli ajrim chiqarildi.
Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, ajrim Jinoyat-protsessual kodeksining 416 (sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari) va 417 (jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) moddalari tartibida chiqarilgan.
Unga ko‘ra, jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni to‘ldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organiga yuborildi.
Shu tariqa jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.
Avvalroq sudlanuvchilardan biri – Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevning advokati ish bo‘yicha sudga guvohlikka chaqirilgan uch kishi, jumladan agentlikda Kariyevning o‘rinbosari, u ketganidan keyin agentlik direktori lavozimida ishlagan Ulug‘bek Egamov ustidan jinoyat ishi ochishni so‘ragan edi.
O‘zbekistonda 2022 yil kuzidan boshlab “o‘lim siropi” – “Dok-1 Maks” dori vositasini iste’mol qilish oqibatida 65 nafar bola halok bo‘lgan edi. 11 avgust kuni mazkur dori bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha Toshkent shahar sudida ochiq sud jarayoni boshlandi.
Ish doirasida jami 21 kishi, jumladan, Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari, “Quramax Medikal” MChJ direktori (Hindiston fuqarosi) va boshqalarga ayblov e’lon qilingan. Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sog‘lom ozishni istagan ayollar uchun: ishonchli diyetologni qanday tanlash kerak?
Ayollar dunyosi | 14:49
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
Mavzuga oid

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025