O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi direktori Diana Bayzakova Kun.uz'ga bergan intervyusida arbitraj tizimi haqida gapirib, Toshkent xalqaro arbitraj markazi nima maqsadda tashkil etilgani, u qanday xizmatlar ko‘rsatishi va nimalar bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot berdi.
TIAC rahbari suhbat davomida markaz tomonidan erishilgan natijalar, yaqin istiqboldagi rejalar hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazining tadbirkorlar uchun ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida ishbilarmonlik faolligi oshib, buning natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelishi muqarrar. Shu bilan birga, mojarolar nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham yuzaga keladi. Bugungi kunda arbitraj dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida hakamlik sudining qarorini ijro etish imkoniyati tufayli turli mamlakatlarda joylashgan tadbirkorlar va investorlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning eng samarali usuli hisoblanadi.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etilgan edi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi direktori Diana Bayzakova Kun.uz tahririyatiga bergan intervyusida hakamlik sudining tushunchasi, tadbirkorlar uchun arbitrajning ahamiyati va faoliyati borasida so‘z yuritdi.
"Arbitraj – nizolarni hal qilishning muqobil usuli bo‘lib, unda taraflar yozma ravishda tashqi iqtisodiy va transchegaraviy bitimlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni hal qilish huquqini neytral shaxsga topshiradilar. Va bu neytral shaxs hakam rolini bajaradi”, - Diana Bayzakova.
Bundan tashqari, markaz rahbari suhbat davomida markazning qisqa vaqt ichida erishgan natijalari yuzasidan ham to‘xtalib o‘tdi.
“2019 yilning aprel oyida rasman ish boshlaganimizga qaramay, arizalarni ko‘rib chiqish, to‘laqonli ishlarni amalga oshirmoqdamiz.Bugungacha hakamlik sudiga 50 dan ortiq arizalar kelib tushdi – Italiya, Niderlandiya, Singapur, Gonkong, Malayziya, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiyadan murojaat qilishdi, ya’ni bizda foydalanuvchilarning ancha keng geografiyasi mavjud. Bundan tashqari, biz boshqa yetakchi hakamlik markazlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Bizning sudlarimiz va sudyalarimiz arbitrajni hurmat qilishadi, bu xorijiy investorlar uchun juda muhimdir va biz mahalliy hamda xorijiy arbitraj qarorlarini muvaffaqiyatli bajarmoqdamiz. Menimcha, bizning sud tizimimiz shu nuqtai nazardan ko‘plab yurisdiksiyalardan oldinda", – deya ta’kidladi Diana Bayzakova.
- To‘liq intervyuni YouTube kanalimizda tomosha qiling.