Qotillik uchun 13 yilga qamalgan paralimpiyachi Pistorius ozodlikka chiqadi 

Sport 22:06 / 24.11.2023 21993

Janubiy Afrikada ma’shuqasi Reva Stenkampni o‘ldirganlikda ayblanib, 13 yilga qamalgan paralimpiyachi sportchi Oskar Pistorius 2024 yil 5 yanvarda ozodlikka chiqadi. BBC News xabariga ko‘ra, bu qaror maxsus komissiya tomonidan sportchining iltimosiga binoan ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan. 

Shunday qilib, Pistorius qotillik uchun bor-yo‘g‘i ikki yilga yaqin qamoq jazosini o‘taydi. 

Oskar Pistorius — dunyodagi eng mashhur Paralimpiya sportchilaridan biri. U bir yoshida ikki oyog‘idan ayrilgan va maxsus protezda harakatlanadi. Pistorius 2013 yil fevral oyida Pretoriyadagi uyida Reva Stenkampni vanna eshigi ortidan otib o‘ldirgan. Bu qilmishini uyiga o‘g‘ri kirgan deb o‘ylagani bilan izohlagan. Prokurorlar qotillik qasddan qilinganini, Pistorius avval ham ayollarga nisbatan tajovuzga moyilligini ko‘rsatganini ta’kidlagan. 

2014 yilda sud uni qotillikda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum etdi. Ammo Oliy Apellyatsiya sudi uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topdi va ishni yangi sud muhokamasiga qaytardi. 2016 yil yozida u 6 yilga qamaldi. Lekin hukm yana qayta ko‘rib chiqildi - sud Pistoriusni hibsda o‘tirgan vaqtini chegirib tashlab, 13 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: