«Qaqshatqich zarba» – O‘zbekistonning Angliya ustidan g‘alabasi xorij matbuotida qanday aks-sado berdi?

Sport 16:48 / 24.11.2023 41914

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston o‘z tarixida ilk marta Angliyani mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma olgan Osiyoning yagona jamoasiga aylangach, ingliz matbuoti APL klublari tarbiyalanuvchilarining FIFA reytingida 73-o‘rinda joylashgan mamlakat jamoasiga mag‘lubiyatini tanqid qilgan bo‘lsa, xorij nashlari Lazizbek Mirzayevning supergoli va O‘zbekistonning g‘alabasini sensatsiya sifatida baholadi.

The Sun: «Qaqshatqich zarba»

Buyuk Britaniyaning yirik narlaridan bilan «The Sun» tabloidi Angliya o‘smirlar jamoasining JCh-2023 nimchorakfinalida O‘zbekistonga sensatsion tarzda mag‘lub (1:2) bo‘lgani haqida yozib, Indoneziya poytaxti Jakartada qaqshatqich zarbaga uchraganini sarlavhaga olib chiqqan.

Daily Spors: «Angliya uyiga qaytdi. O‘zbekiston U17 jamoasidan jahon chempionatida sensatsion yurish»

Angliyaning «Daily Spors» nashri esa mamlakat o‘smirlar jamoasining mundialdan uyiga ravona qilingani haqida yozib, O‘zbekiston U17 jamoasining chorakfinalga chiqishini sensatsion yurish deb atagan.

VOI: «Ronaldudan ilhomlanadigan «Britan kushandasi»

VOI nashri O‘zbekistonning Angliya ustidan qozongan g‘alabasini sensatsiya deb atab, inglizlarning mag‘lub etilishiga sabab bo‘lgan g‘alaba goli muallifi Lazizbek Mirzayevning intervyusini keltirgan. Jarima zarbasidan supergol muallifiga aylangan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi sardori Ronalduga havas qilishi va unga o‘xshash uchun bor imkoniyatini ishga solayotgani haqida gapirgan. Nashr O‘zbekiston Indoneziyada mahalliy muxlislar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganini yozib, endi Osiyo sha’ni uchun ham kurashayotgan jamoamizga omad tilagan.

The Guardian: «JCh-2017da chempionlik, JCh-2023da nimchorakfinal»

Buyuk Britaniyaning yirik nashrlaridan bilan «The Gurdian» Angliya o‘smirlar jamoasining JCh-2023 nimchorakfinalida O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat haqida e’lon qilgan maqolasida, o‘smirlarimiz bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayevning o‘yinning so‘nggi daqiqalarida to‘pni tepib yuborib, maydondan chetlatilganini sarlavhaga keltirgan.

Shuningdek, Angliya o‘smirlari so‘nggi JChdan avval – 2017 yilgi mundialda Stiv Kuper qo‘l ostida chempion bo‘lgani, bu safar esa Rayan Garri qo‘l ostidagi jamoa nimchorakfinaldayoq turnirni tark etib, ishonchni oqlay olmagani haqida yozgan.

«Mail Online»: «Angliya FIFA reytingida 73-o‘rindagi mamlakat jamoasiga mag‘lub bo‘ldi»

Buyuk Britaniyaning Mail Online nashri esa Angliya U17 jamoasining Jakartada O‘zbekistonga sensatsion tarzda yutqazgani haqida yozib, Premer-liga klublari tarbiyalanuvchilarining FIFA reytingida 73-o‘rinda joylashgan mamlakat jamoasiga mag‘lubiyatini tanqid qilgan. Shuningdek, o‘yin yakunida O‘zbekiston o‘smirlari bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev «yosh sherlar»ning hisobni tenglashtirishga bo‘lgan urinishini to‘pni tepib yuborish bilan aralashgani yozilgan.

«Daily Star»: «O‘zbekiston murabbiyi janjalga sabab bo‘lgan o‘yinda Angliya turnirni tark etdi»

Angliyaning Daily Star nashri esa ingliz o‘smirlarining O‘zbekistonga mag‘lubiyati haqida yozib, hamyurtlarimiz bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayevni o‘yin yakunida qizil kartochka olganini qayd etgan.

Angliya U17 jamoasining 9 nafar a’zosi – «Chelsi» va «Man Siti» tarbiyalanuvchilari

Angliyalik o‘smirlarning JCh-2023dagi mag‘lubiyatiga APL klublari ham befarq bo‘lmadi. Xususan, bu jamoa safida eng ko‘p tarbiyalanuvchiga ega «Chelsi» (5 nafar) va «Manchester Siti» (4 nafar) klublari rasmiy sahifasida O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat haqida sharh yozib, tarbiyalanuvchilarining turnirdagi yakuniy ishtirokiga baho berilgan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham O‘zbekistonning JCh-2023dagi ishtirokini hayajon bilan kuzatayotgani aniq. Sababi aynan bizning jamoa turnirda Osiyoning yagona vakili bo‘lib qoldi. Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin OFK ham g‘alaba bilan qutladi.

Shuningdek, JCh-2023 bahslarini tahlil qilib borayotgan analitik Ben Griffis ham Angliya – O‘zbekiston (1:2) o‘yiniga to‘xtalib, o‘smirlarimizning inglizlar ustidan g‘alabasini faqat omad tufayli emas, taktik jihatdan ham ustun kelganini statistik ma’lumotlar orqali ko‘rsatgan.

Rossiyaning «Chempionat.com» sayti esa O‘zbekistonning Angliya ustidan qozonilgan g‘alabasidan keyin maqola e’lon qilib, Rossiya Premer-ligasi klublari o‘zbekistonlik o‘smirlarga e’tibor qaratishi lozimligini, bu yerda yangi Fayzullayev va Husanovlar bo‘lishi ehtimoli haqida yozgan. Shu jumladan, o‘smirlarimizning yetakchisi sifatida gavdalanayotgan Lazizbek Mirzayev va Amirbek Saidovning o‘yinlari rus klublari diqqat markazida bo‘lishi lozimligi uqtirilgan.

Vakillarimizning g‘alabasini nafaqat OAV va futbol mutaxassislari, balki diplomatlar e’tirof etishdi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart tvitterdagi sahifasi orqali O‘zbekiston o‘smirlar jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.

Qayd etish joiz, JCh-2023dagi muvaffaqiyatli yurishdan keyin O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi haqidagi xorijiy nashrlaridagi maqola va postlarni yana ko‘plab keltirish mumkin. O‘zbek futboli tarixida ikkinchi marta chorakfinalga yetib kelgan o‘smirlarimiz ertaga, 25 noyabr kuni Fransiyaga qarshi yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurash olib borishi kutilmoqda. Umid qilamizki, Jamoliddin Rahmatullayev ustozligidagi jamoa o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa yaratib, bu safar Fransiya nashrlari uchun ham asosiy mavzuga aylanadi.

Usmon Ibodov

Ko‘proq yangiliklar: