Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allergik kasalliklar ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda ommaviy skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi
Hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yo‘nalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlari bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi.

Foto: AP
“Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Allergik kasalliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidan boshlab allergik kasalliklarning epidemiologik ko‘rsatkichlari ustidan nazorat kuchaytiriladi va manzilli skrining tekshiruvlari joriy etiladi.
2024 yil 1 yanvardan allergik va immunologik kasalliklarga chalingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan bemorlarni ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yildan:
- allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi;
- hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yo‘nalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlari bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi.
2024 yil 1 yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinadi.
Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam markaz tomonidan ko‘rsatiladi.
2024 yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy qilinadi:
- allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish ko‘lami hududlar kesimida o‘rganilib, uning natijalari Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan Gidrometeorologiya xizmati agentligiga muntazam taqdim etib boriladi;
- aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish ko‘lami to‘g‘risidagi ma’lumotlar atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid ma’lumotlar bilan birgalikda tegishli veb-sayt va boshqa manbalar orqali e’lon qilib boriladi.
2024 yil 1 aprelgacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reyestri yaratilib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi

21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi

16:45 / 10.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?

14:22 / 05.02.2025