Rasman neft narxi pasayayotganining sabablari ma’lum qilinmayapti, biroq Bloomberg nashri yozishicha, Saudiya Arabistoni kartelning boshqa ishtirokchilari neft qazib olish bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlardan norozi. Ekspertlar uchrashuvdan qazib olishni qisqartirish yoki kvotalarning kelgusida qirqilishini kutishayotgan edi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shu hafta ichida OPEC+ neft svoplari bo‘yicha eng yirik broker Onyx Capital Group ijrochi direktori Greg Nyumanning dokladini tinglagan. Dokladda qayd etilgan asosiy mazmun shundan iboratki, bozor «ayiq uyqusi» davriga kirishmoqda, boz ustiga, noyabr oyi savdolarida narxlar tushishi hisob-kitoblariga real sektor — neft kompaniyalari va aviatashuvchilar ham qo‘shilgan.
Shu hafta ichida Goldman Sachs Rossiya va Saudiya Arabistoni 2024 yilning birinchi choragida neft qazib olishni qisqartirishi mumkinligi haqida yozgan edi. OPEC+ tomonidan qazib olishni qisqartirish ehtimolini investitsion bank 35 foizga baholagan. Qisqartirish hajmi sutkasiga 0,5–1 mln barrelni tashkil etishi mumkin.
Avvalroq AQSh tomonidan Rossiyaning 14 kompaniyasi va uchta neft tashuvchi kemasiga qarshi sanksiyalar kiritilgani e’lon qilingan edi.