Xitoy O‘zbekistonning uch hududida logistika markazi ochadi

Iqtisodiyot 14:20 / 22.11.2023 18255

Xitoyning Hichain kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazlari ochadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida Guanchjouda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi o‘tkazildi.

Uning doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning Hichain Supply Chain kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Andijon, Navoiy va Qoraqalpog‘istonda yangi logistika markazlari tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Tomonlar bu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini tezlashtirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli memorandumni imzoladi.

Ko‘proq yangiliklar: