Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Ozarboyjon investitsiya kompaniyasi faoliyatining amaliy masalalari muhokama qilindi. Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari sonini ko‘paytirish va rahbariyatni muddatidan oldin tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ikki davlat hududida suv tozalash inshootlari, turizm obektlarini qurish, metall buyumlar va maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning hayotga tatbiq qilinishi batafsil ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologik hamkorlikni, jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologik yechimlar almashinuvini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydigan tahlil markazlarini yaratish rejalarini olqishladi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro sodiqlik bildirildi hamda muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni jadal amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar va mas’ul rahbarlar belgilab olindi.