JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Eron bilan o‘yinda kambek qildi

Sport 20:04 / 21.11.2023 38173

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida 30 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida kechgan milliy jamoamiz uchun yilning eng muhim to‘qnashuvida forslar birinchi bo‘limning o‘zida 13-daqiqada Rizoiyon va 38-daqiqada Toremiyning golidan keyin hisobda ikki to‘p farqi bilan oldinda edi – 0:2.

Srechko Katanets shogirdlari ikkinchi bo‘limda o‘yinda burilish yasashdi. Ayniqsa, Abbosbek Fayzullayev va Igor Sergeyev zaxiradan maydonga tushgach, vaziyat o‘zgardi. Oston O‘runov 52-daqiqada hisobni qisqartirdi – 1:2.

83-daqiqada esa Shukurov – Shomurodov – Fayzullayev – O‘runovning ajoyib kombinatsiyasini Sergeyev darvozaga yo‘llab, kambek muallifiga aylandi – 2:2.

Shu tariqa, O‘zbekiston 14 yil o‘tib, Toshkentda Eron bilan yana durang qayd eta oldi, ammo forslar poytaxtimizda o‘z tarixidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirishdi. Eron 4 ochko bilan guruhda peshqadamlikni saqlab qoldi, O‘zbekiston ham shuncha ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘rinda bormoqda. Turkmaniston va Hongkong esa durang (2:2) qayd etib, o‘z hisoblariga bir ochkodan yozib qo‘yishdi.

JCh-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi.
«E» guruhi. 2-tur. 21 noyabr
O‘zbekiston – Eron – 2:2

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Gollar: Oston O‘runov 52, Igor Sergeyev 83 – Ramin Rizoiyon 13, Mehdi Toremiy 38.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov (21.Igor Sergeyev, 82), 7.Otabek Shukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Abbos Fayzullayev, 62), 11.Oston O‘runov, 14.Eldor Shomurodov, 15.Umarbek Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Eron: 1.Alirizo Beyronvand, 4.Shoja Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy, 6.Said Izzatullohiy, 9.Mehdi Toremiy, 13.Husayn Ka’noni, 14.Somon Quddus (18.Ali Karimi, 42), 16.Mehdi Turobiy, 20.Sardor Ozmun (15.Ro‘zbeh Chashmiy, 75), 21.Muhammad Mohebi (7.Mehrdod Muhammadiy, 75), 23.Ramin Rizoiyon.

Ko‘proq yangiliklar: