O‘zbekiston | 08:37 / 21.11.2023
2904
1 daqiqa o‘qiladi

Batik Air Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi

Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi birinchi parvozi 2023 yil 15 dekabrga rejalashtirilmoqda. 

Foto: Uzbekistan Airports

Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A330 samolyotlarida haftada bir marta - juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya vakillari Uzbekistan Airports rahbariyati bilan uchrashuv davomida mintaqada yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish va parvozlar sonini ko‘paytirish niyatini bildirdi. Boshqaruv kompaniyasi aviatashuvchini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Batik Air - bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo‘lib, Indoneziya ichida muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi hamda Lion Air (loukoster) arzon aviakompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblanadi.

Mavzuga oid