Malayziya yil oxirigacha Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 12:27 / 29.05.2023 4852

Maqolada Batik Air (sobiq Malindo Air) loukoster aviakompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Chandran Rama Muti ushbu aviatashuvchi Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga uch marta aviaqatnovlar amalga oshirish rejalashtirilayotgani, birinchi reys shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida boshlanishini ma’lum qilgan. 

Chandran Rama Mutining The New Straits Times gazetasi muxbiri bilan suhbatda bildirishicha, Batik Air ayni paytda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda va parvozlarni boshlash uchun ruxsat berilishini kutmoqda. 

“Toshkent Qozog‘istonning Olmaota shahri bilan solishtirganda kattaroq bozor. Biz hali Toshkent xalqaro aeroporti bilan muzokaralar olib boryapmiz. Toshkent xalqaro aeroporti O‘zbekistondagi eng yirik xalqaro aeroport bo‘lib, 2019 yilda yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha Markaziy Osiyo aeroportlari ichida uchinchi o‘rinni egallagan”, deydi Chandran Rama Muti.

Batik Air “Kuala-Lumpur-Toshkent” yo‘nalishida “Boing” kompaniyasining tor fyuzelyajli B737 MAX8 yoki Airbus'ning keng fyuzelyajli A330 samolyotlaridan foydalanishi mumkin, chunki ular 8,5 soatgacha parvoz qila oladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: