Foto: Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi xodimlari Bo‘stonliqda ko‘chat o‘tqazdi
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi xodimlari «Yashil makon» loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekdi.

Foto: hidoyatov_bsh / Telegram
19 noyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi xodimlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kuzgi ko‘chat ekish mavsumida ishtirok etdi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berishicha, «Yashil makon» loyihasi doirasida bodom, sadaqayrag‘och, eman, qrim qarag‘ayi singari mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.
Prezident tashabbusi bilan 2021 yil noyabr oyidan boshlab har yili 200 million tup daraxt ekish loyihasi amalga oshirilmoqda. 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha davom etadigan joriy kuz mavsumida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev ham 14 noyabr kuni Toshkent shahridagi mahallalardan biriga ko‘chat o‘tqazib, kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab bergandi.
Mavzuga oid

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

14:18 / 14.02.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

11:52 / 23.01.2025
Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi

15:20 / 08.01.2025