O‘zbekiston temiryo‘l transportida eng ko‘p qaysi yuk turi tashilayotgani aytildi
Temiryo‘l orqali tashilgan yuklar umumiy hajmida turli rudalar eng yuqori ulushga ega - 13,1 foiz.

Foto: AP
2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temiryo‘l transporti orqali 55,3 mln tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, temiryo‘l orqali tashilgan yuklar umumiy hajmida turli rudalar eng yuqori ulushga ega - 13,1 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan yuklar kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan:
- neft yuklari - 9 foiz;
- ko‘mir - 8,1 foiz;
- qurilish yuklari - 6,7 foiz;
- kimyoviy va mineral o‘g‘itlar - 5 foiz;
- boshqa yuklar - 58,1 foiz.
Mavzuga oid

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

21:37 / 07.03.2025
Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qatnovi tashkil etildi

10:56 / 02.03.2025