Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalolov 14-jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi, Xalokov va yana 4 bokschimiz raqibidan ustun keldi
Toshkentdagi «Humo Arena»da WBC tashkiloti hamda Lift promouterlik kompaniyasi hamkorligida katta professional boks oqshomi o‘tkazildi. Mayk Tayson va Evander Holifild qarshisida o‘tgan janglarda vakillarimiz muxlislarni xursand eta olishdi.

Foto: Olympic.uz
Boks kechasining asosiy jangida og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning, ikkinchi daqiqasidayoq chuqur nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschilardan Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Abdumalik Xalokov va Mujibillo Tursunov singari bokschilarimiz ham ringga chiqib, g‘alabaga erishdi.
Jahon chempioni Abdumalik Xalokov professional boksdagi ilk bahsida ukrainalik Aleksandr Yegorovni 2 raunddayoq nokautga uchratdi.
Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik Maona Allini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgan bo‘lsa, Miraziz xitoylik Runki Jouni 8 raund davom etgan bahs natijasiga ko‘ra taslim etdi.
Mujibillo Tursunov birinchi yarim o‘rta vaznda WBC Central Asia kamarini himoya qila oldi. U xitoylik Yangcheng Jin bilan bahs olib bordi va 8 raund yakuniga ko‘ra, uni mag‘lubiyatga uchratdi.
Barcha janglar va ularning natijalari bilan tanishing:
- Ikkinchi eng yengil vaznda (-55,2): Avetis Nalbandyan (Armaniston) — Vikash Dahiya (Hindiston). Ochkolar hisobiga ko‘ra Nalbandyanning g‘alabasi
- Yarim yengil vaznda (-57,1 kg): Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston) — Oleksandr Yegorov (Ukraina). 2-raundda texnik nokaut evaziga Xalokovning g‘alabasi.
- Yarim o‘rta vaznda (-66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov (O‘zbekiston) — Maono Alli (Tanzaniya). 2-raundda texnik nokaut evaziga Abduqahhorovning g‘alabasi.
- Eng yengil vaznda (-53,5 kg): Miraziz Mirzahalilov (O‘zbekiston) — Runqi Jou (Xitoy). Ochkolar hisobiga ko‘ra Mirzahalilovning g‘alabasi
- O‘rta vaznda (-72,5 kg) WBC Sentral Asia turniri finali: Anvar Turopov (O‘zbekiston) — Suhrob Qayumov (O‘zbekiston). 2-raunddan so‘ng Qayumovning g‘alabasi qady etildi.
- Birinchi o‘rta vaznda (-69,8 kg) WBC International kamari uchun: Ermal Hadribey (AQSh) — Karlos Molina (Meksika). 9-raundda texnik nokaut evaziga Hadribeyning g‘alabasi.
- Birinchi yarim o‘rta vaznda (-63,5 kg) WBC Sentral Asia kamari uchun: Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) — Yangcheng Jin (Xitoy). Ochkolar hisobiga ko‘ra Tursunovning g‘alabasi.
- O‘rta vaznda (-72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozog‘iston) — Xulio Alamos (Chili). Ochkolar hisobiga ko‘ra Nursultanovning g‘alabasi.
- Co main event: Ikkinchi o‘ta yengil vaznda (-52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun: Pedro Guyevara (Meksika) — Karlos Kuadras (Meksika). Ochkolar hisobiga ko‘ra Kuadrasning g‘alabasi.
- Markaziy jang: Og‘ir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) — Kris Tompson (JAR). Birinchi raundda Jalolovning g‘alabasi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jazirama kunlari tez yordamga salkam 250 mingta chaqiriq kelib tushdi
Jamiyat | 14:20
-
Qozog‘istonga boj solgan Tramp, Rossiyada o‘zini otib o‘ldirgan vazir va “Hsh”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:17
-
Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak
Jahon | 14:11
-
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi
Jahon | 14:00
Mavzuga oid

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

17:11 / 29.11.2024