U-17 jahon chempionati. O‘zbekiston Ispaniya bilan o‘yinda kambek qilib, keyingi bosqichga chiqish masalasini deyarli hal qildi

Sport 16:26 / 16.11.2023 35563

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Indoneziyada o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turi doirasida Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi.

Surakarta shahridagi «Manahan» stadionida kechgan uchrashuvda yevropaliklar 10 va 19-daqiqadagi gollar evaziga tanaffusga ishonchli g‘alaba bilan chiqishga yaqin edilar. Ammo raqib darvozabonining qo‘pol xatosidan keyin Behruz Shukurullayev 45+4-daqiqada hisobni qisqartirdi – 1:2.

55-daqiqada esa Amirbek Saidov yakkama-yakka vaziyatga chiqib, o‘yinda kambekni amalga oshirdi – 2:2. Ispanlarga qarshi durang natija o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi.

Shu tariqa, Ispaniya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Parallel o‘yinda esa Mali Kanadani yirik 5:1 hisobida mag‘lub etib, 6 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. O‘zbekiston esa 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallagan holda pley-off masalasini deyarli hal etdi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari ayni damda eng yaxshi natijaga ega 3-o‘rinlardagi 4 jamoa safida peshqadam bo‘lib turibdi.

U-17 jahon chempionati. «B» guruhi. 3-tur
O‘zbekiston – Ispaniya – 2:2 (0:2)
Gollar: Behruz Shukurullayev 45+4, Amirbek Saidov 55 – Igor Oyono 10, Roberto Martin 19.
O‘zbekiston U17: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Behruzjon Karimov (18.Jasur Hikmatullayev, 56) 5.Aziz To‘lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Shukurullayev, 9.Amirbek Saidov (14.Shodiyor Shodiboyev, 86) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollobergan Karimov (3.Yahyo O‘rinboyev, 86), 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.
Ispaniya U17: 1.Raul Ximenes, 4.Yon Martin, 7.Pablo Lopes (19.Daniel Yanez, 64) 8.Roberto Martin, 11.Peio Xuyestamendia (20.Yago Paulo, 75) 12.Igor Oyono (9.Mark Guiu, 80) 14.Izan Merino, 15.Andres Kuyenka, 16.Mark Bernal (8.Pau Prim, 65), 17.Oskar Mesa, 18.Kuim Junyyent (10.Xuan Ernandes, 65).

V guruhi. Yakuniy jadval:

Ko‘proq yangiliklar: