“Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
2024–2026 yillarda:
kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSh dollarigacha resurs jalb qilinadi;
300 million AQSh dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;
150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:
kichik va o‘rta tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkaziladi;
150 ta o‘rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;
o‘rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;
300 million AQSh dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.
2023 yil 15 dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024 yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so‘mgacha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.