Qiwi Uzbekistan faoliyatini to‘xtatadi 

Iqtisodiyot 21:20 / 14.11.2023 18931

Rossiyaning Qiwi to‘lov tizimi O‘zbekiston filiali 18 dekabrdan faoliyatini to‘xtatadi. Kompaniya mijozlardan elektron hamyondagi pullarni chiqarib olishni so‘ramoqda. 16 noyabrdan boshlab, hamyonda pullarni saqlaganlik uchun kunlik 75 ming so‘m komissiya olinadi. 

Qayd qilinishicha, o‘zbekistonliklar Qiwi xizmatlaridan yagona ilova orqali foydalanishni davom ettirishi mumkin. Ammo O‘zbekistondagi hamyondan boshqa davlatdagi hamyonga pul o‘tkazib bo‘lmaydi. 

«O‘zbekistonda hamyonning funksionalligi ancha cheklangan – faqat mahalliy xizmatlar uchun to‘lovlar va mahalliy bank kartalariga o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, deyarli 90 foiz foydalanuvchilar hamyondan maxsus xorijiy xizmatlar va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun foydalangan. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan barcha to‘lov tizimlariga o‘rnatilgan cheklovlar tufayli ushbu imkoniyatlar hozir mavjud emas. Shuning uchun biz Qiwi Uzbekistan ilovasini yopishga qaror qildik», deyiladi xabarda.

Kompaniyaning ogohlantirishicha, 18 dekabrdan keyin hamyon balansidan pul yechib olish uchun ariza yozish kerak bo‘ladi. Shuning uchun pullarni imkon qadar tezroq chiqarib olish tavsiya qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: